Qurilmani Klintonlarga kelgan jo‘natmalarni tekshirayotgan texnik mutaxassis aniqlagan. Keyinroq AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaga ham pochta orqali bomba jo‘natilgani ma'lum bo‘ldi.
Huquqni muhofaza qilish organlari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, portlovchi qurilmalar amerikalik milliarder Jorj Sorosning pochtasidan topilgan qurilmaga o‘xshaydi.
Dushanba kuni milliarder Jorj Sorosning uyi oldidagi pochta qutisidan portlovchi qurilma topilgandi. Bu vaqtda Sorosning o‘zi uyda bo‘lmagan. Politsiya bu ishni FQBga topshirganini ma'lum qilgan.











