“Ular qashshoqlik bilan kurashda kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish, uchrashuvlar madaniyatiga xayrixohlik qilish va aholining eng uzilgan qatlamlarigacha umid elchisini yo‘llash haqida suhbatlashishdi”, - deydi Berk. Shuningdek matbuot xizmati rahbarining ta'kidlashicha, Tsukerbergning pontifik bilan uchrashuvga turmush o‘rtog‘i Pristsilla Chan bilan kelgan.
Ijtimoiy tarmoq asoschisining o‘zi ma'lum qilishicha, u Rimga mamlakatning eng yetakchi universitetlaridan biri bo‘lgan Luiss’da talabalar oldida ma'ruza so‘zlash uchun tashrif buyurgan.











