"Belarus Paralmpiya qo‘mitasi raisi sifatida men bu yerda ham, Braziliyada ham jim turmoqchi emasman. Men Riodagi o‘yinlar ochilishi marosimi vaqtida sportchilar Belarus va Rossiya bayroqlarini birga olib chiqishiga ko‘rsatma berdim", degan u.

U nogironlarni siyosatga aralashtirishni noinsoniylik deb atagan.

"Men aminmanki, 1,5 yil o‘tar-o‘tmas ular Rossiya Paralimpiya terma jamoasidan uzr so‘ray boshlashadi... Ular odamlarning ko‘nglini qoldirish yomon ish ekanini tushunib yetishadi", deya qo‘shimcha qilgan Shepel.

Bundan oldinroq, Sport Arbitraj sudi Rossiya Paralimpiya terma jamoasi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etmasligini ma'lum qilgandi.

O‘yinlar 7-18 sentabr kunlari davomida o‘tkaziladi.