Voqea joyida olingan kadrlarda ko‘rish mumkinki, yonayotgan bino ustida quyuq tutun hosil bo‘lgan. Yong‘in maktabning 75 foizlik hududini qamrab olgan. Manba ma'lumotiga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish ishiga 70dan ortiq o‘t o‘chiruvchi jalb etilgan.
Hozircha hodisa sabablari aniqlanmadi.
Hukumat maktabga olib boruvchi yo‘llarni to‘sib qo‘ydi. Mahalliy aholiga derazalarni ochmaslik (tutun kirmasligi uchun) tavsiya qilingan.











