Ayolning shikoyati shundan iboratki, pokemon o‘yinini o‘ynovchilar ayolning shaxsiy hayotga huquqini buzmoqdalar. U pokemon ishqibozlari u yoki bu pokemonni ushlash uchun uning uyi panjaralaridan bir necha bor oshib tushganini aytdi. Bundan tashqari, ular uning uyi qarshisida yangi pokemonlarning paydo bo‘lishini muntazam kutib o‘tiradilar. 

"Biz bu yerga odamlar uyim panjaralaridan oshib tushishi uchun emas, osoyishtalikda yashashga kelganmiz. Bizning uyimizga notanishlar qarashini istamaymiz. Shanba kuni kimdir orqa hovlimizda o‘yinni o‘ynash uchun dron uchirdi", deb shikoyat qilmoqda ayol.

Ayol o‘yinning o‘ziga hech qanday e'tirozi yo‘qligini, biroq uning uyi hududida o‘ynalmasligi kerakligini aytdi. Uning aytishicha, u o‘yin yaratuvchilariga uning uyi hududini o‘yindan chiqarib tashlash iltimosi bilan murojaat qilgan va iltimosi ko‘rib chiqilishi haqida avtomatik ravishda javob olgan. Ayolning ta'kidlashicha, hanuzgacha hech narsa o‘zgarishsiz qolmoqda va shu sababli u sudga murojaat qilgan.