"Delta aviakompaniyasi tizim faoliyatini qayta tiklash ishlari tugagunga qadar 250ta reysini bekor qiladi", - deyiladi xabarda.
8 avgust kuni Delta Airlines aviakompaniyasining kompyuter tizimida uzilish sodir bo‘ldi. Bunga Atlantada elektr quvvatining ketib qolganligi sabab sifatida keltirildi. Yo‘lovchi tashuvchi 8 avgust kuni butun dunyo bo‘ylab deyarli mingta reysini bekor qilgan.
Reyslarning bekor qilinganligi va ushlanib qolinganligi uchun Delta Airlines barcha yo‘lovchilariga aviakompaniya reyslar to‘lovida qo‘llash mumkin bo‘lgan 200 dollarlik vaucherlarni va'da qildi.











