23-yoshli sportchi 18 oyga katta tennisdan chetlatilgan. Bundan tashqari, Marko 40 ming yevro miqdorida jarima ham to‘laydi. Xabar qilinishicha, Chekkinato 2015 yil oktabr oyida Marokashda bo‘lib o‘tgan “chellenjyer” turnirida polyak Kamil Mayxshakka 1:6, 4:6 hisobida qasddan mag‘lub bo‘lgan. 

Italiya tennis federatsiyasi, sportchi yakka va juftlik bahslarida ataylab mug‘ombirlik ila yutqazgani hamda do‘stining akkauntidan kirib, onlayn tarzda pul tikkanini aniqlagan. Chekkinatoning aybini, do‘sti Rikardo Akardi bilan olib borgan yozishmalari isbotlagan.