Olimlarning xulosasi Lancet tibbiy jurnalida chop etildi. Unga ko‘ra, semizlik Yevropa va Shimoliy Amerikadagi erta o‘lim holatlarining asosiy sabablari ro‘yxatida chekishdan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. 

"Bugungi kunda Yevropadagi har bir yettinchi va Shimoliy Amerikadagi har bir beshinchi erta o‘lim holati ortiqcha vazn va semizlik bilan bog‘liq", - deydi tadqiqotchilardan biri professor Richard Peto. 

Semizlikdan aziyat chekuvchi kishilar me'yoriy vaznga ega kishilardan uch yil avval hayotdan ko‘z yumishadi; jiddiy holatlarda esa hayot davomiyligi 10 yilga qisqarishi mumkin. 

Dunyo aholisining 30 foizi ortiqcha vazndan yoki semizlikdan azob chekadi: bu 2,1 milliard kishi, demakdir. 

McKinsey Global instituti ma'lumotlariga ko‘ra, semizlik yiliga 1,3 trillion dollar yoki butuni dunyo mamlakatlari YaIMning 2,8 foizini "yeydi".