Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki yetti oyida O‘zbekistonga jami 7 749 308 nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda kelgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,4 mln nafarga yoki 22,6 foizga ko‘p.
O‘zbekistonga eng ko‘p turist Qirg‘izdan tashrif buyurgan - yetti oyda ularning soni 2 177 108 nafarni tashkil etgan.
Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston - 1 855 562 nafar va Tojikiston - 1 728 978 nafar ko‘rsatkich bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Rossiyadan 710 824 nafar, Afg‘onistondan 281 200 nafar, Xitoydan 269 735 nafar turist O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Turkmanistondan kelganlar soni 192 830 nafarni, Turkiyadan - 111 908 nafarni tashkil etgan. Top-10 ro‘yxatdan Hindiston 32 462 nafar va Koreya 26 512 nafar turist bilan ham o‘rin olgan.
Shu tariqa, O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan xorijliklarning asosiy qismi qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.











