Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Eron O‘mon bilan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha kelishuvga yaqin ekanligini aytdi. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, bu kemalar qatnovi tiklanishini anglatmaydi.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochilishi boshqa shartlarga, jumladan, AQSh tomonidan tinchlik kelishuvi buzilgani uchun tovon to‘lanishiga ham bog‘liq, deya qo‘shimcha qildi Eron tashqi ishlar vaziri.

Uning aytishicha, Eron va O‘mon Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kemalar qatnovini vaqtinchalik tiklash bo‘yicha tafsilotlarni muhokama qilishda davom etmoqda.

Ikki davlat hozirda tijorat kemalari Eron suvlari orqali kirib, O‘mon suvlari orqali chiqib ketishi bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Eron tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, bu reja ikki-uch oyga mo‘ljallangan bo‘lib, zarurat bo‘lsa, yana uzaytirilishi mumkin.