Qayd etilishicha, bu 2025 yilga nisbatan 84% ga o‘sish hisoblanadi.

Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi TOP-10 ta xorijiy kompaniyalar ro‘yxatida Apple va Google yetakchi bo‘lib turibdi. Ular mos ravishda 33,6 mlrd va 33,3 mlrd so‘m soliq to‘lagan.

Uchinchi o‘rinni Meta kompaniyasi egalladi - 28,9 mlrd so‘m.

Ro‘yxatdan shuningdek quyidagi kompaniyalar o‘rin olgan:

Valve Corp. - 15,8 mlrd so‘m;

Anthropic - 6,3 mlrd so‘m;

OpenAI - 5,6 mlrd so‘m;

Midasbuy - 2,9 mlrd so‘m;

Vooking.som - 2,6 mlrd so‘m;

TikTok - 1,6 mlrd so‘m;

Anysphere - 1,5 mlrd so‘m.

Ma’lumot berilishicha, elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.