Qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli 6-avgust soat 23:00 dan 10-avgust soat 08:00 gacha Kichik halqa avtomobil yo‘lining Bunyodkor shohko‘chasi bilan kesishmasidan Arnasoy ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Avval ushbu yo‘lning qarama-qarshi tomonida kapital ta’mirlash va yangi asfalt qoplamasini yotqizish ishlari yakunlangan edi. Endilikda mazkur ishlar yo‘lning ikkinchi tomonida davom ettirilib, yuqori sifatli asfalt qoplamasi yotqiziladi.

Avtotransport vositalari oqimi qarama-qarshi tomonga yo‘naltiriladi va harakat xaritada yashil rang bilan ko‘rsatilgan vaqtinchalik sxema asosida tashkil etiladi.

Tez tibbiy yordam xizmati transport vositalari uchun alohida vaqtinchalik harakat yo‘nalishi tashkil etiladi.