Internetda Markaziy bank nomidan tayyorlangan soxta litsenziya tarqatilayotgani aniqlandi.
Markaziy bankning ma’lum qilishicha, hujjatda ko‘rsatilgan "Oltin Oy Kredit" aksiyadorlik-tijorat banki mavjud emas.
Shuningdek, regulyator tomonidan ushbu tashkilotga hech qanday litsenziya rasmiylashtirilmagan.
Markaziy bankning bildirishicha, litsenziyaga ega banklar ro‘yxatini ushbu havola orqali tekshirib olish mumkin.











