Reytingning 10-o‘rnini Sankt-Peterburg metrosidagi «Ploshchad Lenina» bekati egallagan. U 67 metr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, 1958-yilda foydalanishga topshirilgan.
9-o‘rinda AQShning Portlend shahridagi Washington Park bekati qayd etilgan. 79 metr chuqurlikda joylashgan mazkur bekat Shimoliy Amerikadagi eng chuqur jamoat transporti bekati hisoblanadi. Bu yerda eskalatorlar emas, tezyurar liftlardan foydalaniladi.
Moskva metrosidagi «Park Pobedy» bekati 84 metr chuqurlik bilan 8-o‘rinni egallagan. Bu yerda Yevropadagi eng uzun eskalatorlardan biri o‘rnatilgan bo‘lib, uning uzunligi 126 metr, sayohat vaqti esa taxminan uch daqiqani tashkil etadi.
Sankt-Peterburgdagi «Admiralteyskaya» bekati 86 metr chuqurlikda joylashgan. Unga yetib borish uchun ikki bosqichli uzun eskalatorlardan foydalaniladi.
Kiyev metrosidagi «Universitet» bekati 87 metr chuqurlikda bo‘lib, me’moriy bezagi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda u bombapanoh sifatida ham xizmat qilmoqda.
Xitoyning Chunsin shahridagi Hongtudi bekati 94,47 metr chuqurlikda joylashgan. Turli darajalarni bog‘lash uchun bu yerda 90 dan ortiq eskalator o‘rnatilgan.
Kiyevdagi mashhur «Zolotyye vorota» bekati 96,5 metr chuqurlikda bo‘lib, Yevropaning eng chiroyli metro bekatlaridan biri sifatida tan olingan. Uning ichki qismi Kiyev Rusi davri uslubidagi mozaikalar bilan bezatilgan.
Uchinchi o‘rinni yana Kiyev metrosidagi «Arsenalnaya» bekati egallagan. U 105,5 metr chuqurlikda joylashgan va uzoq yillar davomida dunyodagi eng chuqur metro bekati sifatida e’tirof etilgan.
Ikkinchi o‘rin esa KXDR poytaxti Pxenyan metrosiga tegishli. Bu yerda alohida bekat emas, balki butun metro tizimi o‘rtacha 110 metr chuqurlikda qurilgan. Metro dastlab yadroviy va bombadan himoya qiluvchi boshpana sifatida loyihalashtirilgan.
Reytingda birinchi o‘rinni Xitoyning Chunsin shahridagi Hongyancun bekati egallagan. U yer yuzasidan 116 metr chuqurlikda joylashgan. Bekat 2022-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, 2023-yilda yana bir metro yo‘nalishi ulanganidan keyin dunyodagi eng chuqur metro bekatiga aylangan.
Hongyancun bekatida yuqori va quyi kirish yo‘laklari o‘rtasidagi balandlik farqi 141 metrni tashkil etadi. Eng yuqori kirish qismidan eskalator orqali platformaga tushish qariyb sakkiz daqiqa vaqt oladi. Tezyurar liftlar esa shunchalik tez harakatlanadiki, ayrim yo‘lovchilarda samolyot qo‘nayotganidagi kabi quloq bitishi hissi paydo bo‘ladi.
2025-yilda mazkur bekat tunnelsozlik sohasidagi xalqaro Project of the Year mukofotiga sazovor bo‘lgan. Bugungi kunda bu yerda 860 pog‘onali zinapoya bo‘ylab vertikal marafon musobaqalari ham o‘tkaziladi.
Dunyodagi eng chuqur 10 ta metro bekati
09:111 2163 min
Metro bekatlarining aksariyati yer yuzasidan bir necha qavat pastda joylashgan bo‘lsa-da, ayrim shaharlarda platformalarga yetib borish uchun yo‘lovchilar 100 metrdan ortiq chuqurlikka tushishiga to‘g‘ri keladi. Bunday bekatlar geografik sharoit, murakkab relef va xavfsizlik talablari tufayli qurilgan.











