O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi.

Ostona shahri aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Nurlibek Naliboyev va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Ostonada O‘zbekiston rahbari “Baris Arena” muz saroyida bo‘lib o‘tgan “Kelajak o‘yinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Amaliy tashrif yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.