“Hazorasptumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari M.M va E.B. o‘zaro til biriktirib, 2 500 AQSh dollari evaziga fuqaro O.I.ga nisbatan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holati yuzasidan hisoblangan 309 mln so‘mlik zararni kamaytirib berishni va’da qilishgan.
Bu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ma’lum bo‘ldi.
Ular kelishilgan puldan 1 400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olganliklari aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 4,8 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.










