Siyetlning ramzi bo‘lgan kuzatuv minorasi – Space Needle yaqinida, har yilgi oziq-ovqat festivalida sodir bo‘lgan bu otishmada uch kishi halok bo‘ldi va bir nechta insonlar yaralandi. Jarohat olganlar orasida 2 yoshli bola ham bor. Politsiyaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ikki qurollangan shaxs bir-biriga qarata o‘q uzgan. Bir gumonlanuvchi voqea joyida qo‘lga olingan, ikkinchisini esa qidiruv ishlari davom etmoqda. Foydalanilgan ikkala o‘qotar qurol ham voqea joyidan topilgan.

Foto: AP

Politsiya ayni dam hodisaning sababini aniqlagani yo‘q, bu ommaviy hujummi yoki ikki inson o‘rtasidagi mojaro – tekshirilmoqda. Rasmiylar ayni paytda bu hududda harakatlanish va ko‘chaga chiqish uchun xavf yo‘qligini aytishmoqda.

AP nashrining yozishicha, Space Needle yaqinidagi Bite of Seattle oziq-ovqat festivali bo‘layotgan hududda 26 iyul kuni soat taxminan 18:30 larda o‘q ovozlari eshitilgan. Dastlab ketma-ket o‘q ovozlari eshitilgan, odamlar vahimaga tushib har tomonga yugura boshlagan. Ota-onalar bolalarini u yerdan olib ketishga uringan. Ba’zi OAV ning yozishicha, o‘sha paytda atrofda ag‘darilib yotgan bolalar aravachalari bor edi. Odamlar esa bir-birining ustidan yurib o‘tgan.

Foto: AP

Siyetl meri voqeani “daxshatli zo‘ravonlik” deb atab, qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. Politsiya esa ayni paytda jamoatchilikka xavf yo‘qligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Bite of Seattle har yilgi festival bo‘lib, yuz minglab sayyohlarni o‘ziga jalb qilardi. Masalan, bu yilgi tadbirda 350 ming kishi qatnashgani aytiladi.

Foto: AP

Internetda ulashilgan videolarda otishma paytida odamlar yerda cho‘kkalab, Space of Needle foyyesida ustunlar va tovarlar solingan javonlar orqasiga yashiringanliklari ko‘rinadi.

"Avvaliga mushakbozlik bo‘ladi deb o‘ylagandim, keyin hamma vahimaga tushib, yonimizdan yugurib o‘tdi", deydi guvohlardan biri CBS telekanaliga intervyusi chog‘ida.

Foto: AP

"Hamma yugurishni boshladi, shuning uchun biz ham yugurdik, bog‘ bo‘ylab yugurdik, orqaga chekindik va olomon bilan yugurishda davom etdik", deydi yana bir guvoh Associated Press agentligiga.

Politsiyaga ko‘ra, halok bo‘lganlardan ikkitasi erkak kishi – 19 va 44 yoshda, bittasi esa ayol kishi bo‘lib, u 56 yoshda bo‘lgan. Siyetlda davlat bayroqlari fojia munosabati bilan bugundan boshlab yarim metrga pastga tushirildi.

Foto: AP

Kun.uz bilan gaplashgan Vashington shtatidagi bosh konsul

Ahror Burxonovga ko‘ra, otishma oqibatida halok bo‘lgan va zararlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.

Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP