O‘zbekistondagi tashkilotlar xodimlarining yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha to‘lanmagan soliq qarzdorligi miqdori ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 2026 yil 22 iyul holatiga 183 668 ta tashkilotning 885 336 xodimida 1 069 710 soliq ob’yekti bo‘yicha 498,7 mlrd so‘m (yer solig‘i - 282,8 mlrd so‘m, mol-mulk solig‘i - 215,9 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.
Shundan 387,9 mlrd so‘m – tijorat tashkilotlari xodimlari, 90,8 mlrd so‘m – byudjyet tashkilotlari xodimlari va 20 mlrd so‘m – nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.










