AQSh, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tgan futbol bo‘yicha 23-jahon chempionati yakuniga yetdi. Ispaniya milliy jamoasi finalda amaldagi chempionlar hisoblangan Argentinani mag‘lub etdi. Bu safargi mundial ishtirokchilar soni (48), o‘tkazilgan o‘yinlar soni (104) va davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi – ochilish o‘yini va finalgacha 39 kun o‘tdi. Quyida ushbu turnir qanchalik yorqin va hissiyotlarga boy o‘tgani aks etgan suratlar keltiriladi.

Berlindagi lyuteranlar cherkovida Germaniya o‘yinini kuzatayotgan muxlislar. Germaniya qatorasiga uchinchi jahon chempionatida muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, turnirni 1/16 finalda Paragvayga yutqazib tark etdi. 2026 yil 14 iyun
Tobias Schwarz / AFP / Scanpix / LETA
Eron bayrog‘ini ko‘targan muxlis Yangi Zelandiyaga qarshi o‘yin oldidan. AQSh bilan urush tufayli Eron milliy jamoasi, guruh bosqichidagi uchala o‘yini ham Qo‘shma Shtatlarda o‘tkazilgan bo‘lsa-da, qo‘shni Meksikadan qatnashiga to‘g‘ri keldi. Amerika hukumati talabiga ko‘ra, eronlik futbolchilar o‘yindan keyin darhol AQSh hududini tark etishi lozim edi – jamoa vakillari bu futbolchilarning tiklanish jarayoniga va alal-oqibat o‘yinlardagi natijalarga ta’sir ko‘rsatishini aytib, shikoyat qilishdi. FIFA AQSh hukumati qarorlari yuzasidan munosabat bildirmadi. 2026 yil 15 iyun
Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETA
Kabo-Verde darvozaboni Vozinya Ispaniya bilan golsiz durangdan keyin. Kabo-Verde turnirning bosh sensatsiyasiga aylandi: 580 ming kishi istiqomat qiluvchi mamlakat vakillari guruh bosqichidagi uchta o‘yinda ham durang o‘ynab, pley-offga chiqdi, 1/16 finalda esa argentinaliklarga qarshi asosiy o‘yinda durang qayd etib, faqat qo‘shimcha bo‘limlarda mag‘lub bo‘ldi. Bungacha Portugaliyaning quyi divizionlarida o‘ynagan 40 yoshli Vozinya esa turnirdagi seyvlari bilan Yevropaning katta klublari nazariga tushdi. 2026 yil 15 iyun
Patrick Smith / FIFA via Getty Images
G‘azo sektori aholisi Saudiya Arabistoni va Ispaniya o‘rtasidagi o‘yin translyatsiyasini kuzatmoqda. 2026 yil 21 iyun
Abdel Kareem Hana / AP / Scanpix / LETA
O‘zbekiston milliy jamoasi fanatlari Portugaliyaga qarshi o‘yin oldidan. O‘zbekiston uchun bu tarixdagi ilk mundial bo‘ldi, ammo jamoa guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarida yutqazdi. 2026 yil 23 iyun
Ashley Landis / AP / Scanpix / LETA
Meksikalik futbolchilar darvozabon Gilermo Ochoani yuqoriga irg‘itmoqda. 40 yoshli Ochoa uchun bu faoliyatidagi oltinchi jahon chempionati bo‘ldi. Navbatdagi mundialda zaxira darvozaboni sifatida qatnashgan Ochoa guruh bosqichining so‘nggi turida Chexiyaga qarshi kechgan o‘yinning oxirida (Meksika milliy jamoasi ikki turdan keyin pley-off masalasini hal qilib bo‘lgandi) maydonga tushirildi va unda Mexikodagi tribunalarda yig‘ilgan muxlislar bilan xayrlashish imkoni bo‘ldi. 2026 yil 24 iyun
Hector Vivas / FIFA via Getty Images
Braziliyalik hujumchi Neymar Shotlandiyaga qarshi o‘yinda. 34 yoshli futbolchi uch yillik tanaffusdan keyin jahon chempionatida ishtirok etish uchun milliy jamoaga qaytdi, ammo Braziliya turnirda uzoqqa bora olmadi: besh karra jahon chempionlari 1990 yildan buyon ilk bor ishtirokini 1/8 finaldayoq to‘xtatdi. Neymar penaltidan bitta gol urish bilan kifoyalandi. 2026 yil 24 iyun
Chandan Khanna / AFP / Scanpix / LETA
Kaliforniya shtati Santa-Kruz shahridagi plyajda AQSh va Turkiya o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qilayotgan muxlislar. 2026 yil 26 iyun
Noah Berger / AP / Scanpix / LETA
Qohirada Misr milliy jamoasining Eronga qarshi o‘yinini kuzatayotgan muxlislar. Misr bu safargi jahon chempionatida o‘z tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. Jamoa 1/8 finalgacha yetib bordi va Argentinaga jiddiy qarshilik ko‘rsatib, faqat so‘nggi daqiqalardagi gollar tufayli 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. 2026 yil 27 iyun
Doaa Adel / NurPhoto via Getty Images
Kilian Mbappe 1/16 finalda Shvetsiyaga qarshi o‘yinda. Fransiya milliy jamoasining ushbu hujumchisi jami 10 gol urib, turnirning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Shuningdek, barcha jahon chempionatlarida urilgan gollari sonini 22 taga yetkazgan – bu orqali u shu turnir davomida Miroslav Klozening rekordini yangilagan Lionel Messining rekordini (21 gol) yangiladi. 2026 yil 30 iyun
Justin Setterfield / Getty Images
AQSh milliy jamoasi futbolchilari 1/16 finalda Bosniya ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlamoqda. 2026 yil 1 iyul
Finn Gomez / Getty Images
Krishtianu Ronaldu 1/16 finalda Portugaliya va Xorvatiya o‘rtasida kechgan o‘yindan keyin Luka Modrichni quchmoqda. O‘sha vaqtda ko‘pchilik bu 40 yoshli Modrich faoliyatidagi so‘nggi o‘yin bo‘lib qolishini taxmin qilayotgandi, ammo bir necha kun o‘tib u «Milan» bilan shartnomani uzaytirish va milliy jamoa safida o‘ynashda davom etish niyatida ekani ma’lum bo‘ldi. Portugaliya keyingi bosqichda Ispaniyaga yutqazib, turnirni tark etdi, 41 yoshli Ronaldu esa bu uning faoliyatidagi so‘nggi jahon chempionati bo‘lib qolishini ma’lum qildi, ammo u Portugaliya milliy jamoasini qachon tark etishi ma’lum emas. 2026 yil 2 iyul
Jeenah Moon / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevdagi metroda Belgiya va Senegal o‘rtasidagi o‘yinni kuzatayotgan o‘smir, shaharda odamlar Rossiya havo hujumidan jon saqlash uchun kechalari metroda tunashiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘sha tundagi hujum qurbonlari soni 31 nafarni tashkil etib, 100 dan ortiq kishi yaralangandi. 2026 yil 1 iyul
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Norvegiya milliy jamoasi futbolchilari Braziliya bilan o‘yindagi g‘alabadan keyin Erling Holand boshchiligida «vikingcha eshkak eshish» marosimini o‘tkazmoqda. Norvegiya milliy jaomasi muxlislari ham jamoa o‘yinlari vaqtida «vikingcha eshkak eshish» bilan mashg‘ul bo‘lishdi va bu turnir ramzlaridan biriga aylandi. 2026 yil 5 iyul
Dan Mullan / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn 1/8 finalda Meksikaga qarshi o‘yinda. O‘shanda inglizlar bir kishi kam bo‘lganiga qaramay, 3:2 hisobida g‘alaba qozongandi. Meksika bungacha to‘rt o‘yinda o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qolgandi, ammo turnirdagi ishtirokini 1/8 finalda yakunladi. 2026 yil 5 iyul
Julian Finney / FIFA via Getty Images
Marokash milliy jamoasi darvozaboni Yosin Bunu Fransiyaga qarshi o‘yinda Kilian Mbappening zarbasini o‘tkazib yubormoqda. Marokash to‘rt yil oldingi jahon chempionatida Afrikaning yarimfinalda o‘ynagan ilk vakiliga aylangandi. Bu safar marokashliklar chorakfinalda fransuzlarga yutqazdi. 2026 yil 9 iyul
Angela Weiss / AFP / Scanpix / LETA
Lionel Messi chorakfinalda Shveytsariyaga qarshi kechgan o‘yinda burchak zarbasini ijro etishga tayyorlanmoqda. Argentinaning finalgacha yo‘li oson kechmadi: Shveytsariya va Kabo-Verdega qarshi o‘yinlar qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tdi, Misr va Angliyaga qarshi o‘yinlarda so‘nggi daqiqalarda kambek qilish talab etildi. 2026 yil 11 iyul
Julian Finney / FIFA via Getty Images
Erling Holand AQShdan qaytishda samolyot trapida. Norvegiya milliy jamoasi turnir tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etib, chorakfinalgacha yetib bordi. Holandning o‘zi yettita gol urdi va ushbu jahon chempionatida katta mashhurlikka erishgan futbolchilardan biriga aylandi. 2026 yil 13 iyul
Jan Langhaug / EPA / Scanpix / LETA
Pedro Porro yarimfinalda Fransiyaga qarshi o‘yinda g‘alaba golini urmoqda. Bundan oldingi ikki jahon chempionatida finalga chiqqan Fransiya Ispaniyaga 0:2 hisobida yutqazdi va qatorasiga uchinchi finalga chiqqan jamoa nomini ololmadi. 2026 yil 14 iyul
Ryan Pierse / FIFA via Getty Images
Fransiya milliy jamoasi muxlislari Ispaniyaga qarshi yarimfinal o‘yini chog‘ida Parijdagi kafeda. Fransiya o‘z milliy bayrami – Bastiliya ishg‘ol etilgan kunda o‘tkazilgan o‘yinda yutqazib qo‘ydi. 2026 yil 14 iyul
Martin Lelievre / AFP / Scanpix / LETA
Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jovani Lo Chelso yarimfinalda Angliyaga qarshi kechgan o‘yindan keyin siyosiy banner ko‘tardi: Unda «Malvin orolari Argentinaniki» deb yozilgan. Malvin Folklend orolining ispancha nomi bo‘lib, ushbu orol uchun 1982 yilda Argentina va Buyuk Britaniya o‘rtasida urush bo‘lib o‘tgan. Shu urush tufayli ham bu jamoalarning o‘zaro to‘qnashuvi doimo prinsipial xarakter kasb etadi. Jahon chempionatidan keyin ushbu holat FIFA intizomiy qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi – futbolchilarga siyosiy aksiyalarda qatnashish taqiqlangan. 2026 yil 15 iyul
Jewel Samad / AFP / Scanpix / LETA
Jud Bellinghem uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Fransiya darvozasiga oxirgi golni urmoqda. Bu o‘yin jahon chempionatining eng sermahsul o‘yiniga aylandi va unda Angliya 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. 2026 yil 18 iyul
Lynne Sladky / AP / Scanpix / LETA
Ferran Torresning Argentinaga qarshi o‘yinda g‘alaba keltirgan goli. 2026 yil 19 iyul
Jewel Samad / AFP / Scanpix / LETA
Ispaniya milliy jamoasi futbolchilari Madrid markazida g‘alabani nishonlashmoqda. 2026 yil 19 iyul
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
FIFA prezidenti Janni Infantino va AQSh prezidenti Donald Tramp taqdirlash marosimi arafasida. 2026 yil 19 iyul
Justin Setterfield / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
Ispaniya milliy jamoasi futbolchilari jahon kubogi bilan. Ispanlar uchun bu tarixdagi ikkinchi chempionlik bo‘ldi, ular birinchi bor 2010 yilda jahon chempioniga aylanishgandi. 2026 yil 19 iyul
Justin Setterfield / Getty Images