“Og‘riq juda kuchli va bu yara bitishi uchun vaqt kerak bo‘ladi. Ammo men barcha yaxshi xotiralarni ham o‘zim bilan olib qolaman... Bor kuchimizni berib, taqdirini o‘zgartirgan o‘yinlarimiz va ularning abadiy xotiralarda qolishi, butun mamlakatning qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, bu jamoaning mehnati va sa’y-harakati tufayli yana bir bor dunyoning eng yaxshilari qatorida bo‘lganimiz men uchun katta faxr.
Bugun qilgan ishlarimizni to‘liq baholash qiyin, ammo bu jamoa ketma-ket ikki marta Jahon kubogi finaliga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Har bir tabrik va har bir xabar uchun chin qalbimdan katta rahmat aytaman. Biz yana bir bor mamlakat sifatida birlashdik va barchamiz birgalikda argentinalik bo‘lishdek ulkan g‘ururni his qildik”, deb yozdi u Instagram sahifasida.
Messi shuningdek, Ispaniya milliy jamoasini chempionlik bilan tabrikladi.
Jahon chempionati finalida Argentina Ispaniya bilan to‘qnash keldi va 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdagi yagona golni 106-daqiqada Ferran Torres kiritdi.











