Vazirlik bayonotida qayd etilishicha, hozirgi murakkab xalqaro sharoitda erishilgan kelishuv keskinlikni yumshatish va tinchlikka erishishga xizmat qiladigan muhim qadam hisoblanadi.

Rasmiy Toshkent AQSh va Eron rahbariyatining hal qiluvchi pallada namoyon etgan siyosiy irodasi hamda uzoqni ko‘ra bilishini alohida e’tirof etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston mazkur kelishuvga erishish uchun zarur sharoitlarni yaratishga hissa qo‘shgan Pokiston va Qatarning sa’y-harakatlarini yuqori baholab, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr va boshqa mintaqaviy hamkorlarning ishtirokini ham alohida qayd etdi.

Toshkent muzokaralarning keyingi bosqichlari konstruktiv ruhda davom etishi va erishilgan kelishuvlar samarali amalga oshirilishiga umid bildirib, xalqaro nizolarni diplomatik vositalar orqali hal etish tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashning asosiy sharti bo‘lib qolishini ta’kidladi.