Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu kun munosabati bilan dam olish kunlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra:

  • 9 may (juma) — Xotira va qadrlash kuni;
  • 10 may (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
  • 11 may (yakshanba) — dam olish kuni.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun faqat juma va yakshanba dam olish kuni bo‘ladi. 

Haftasiga 5 kun ishlaydiganlar esa 3 kun juma, shanba va yakshanba kunlari dam oladi.