Qonun loyihasi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritish hamda angi — 189-modda joriy etilishini ko‘zda tutadi. Bu modda haydovchilar o‘rtasidagi nizolar, mushtlashuvlar va boshqa agressiv harakatlarni bevosita tartibga soladi.

Loyihaga ko‘ra, yo‘lning qatnov qismida xavfsizlikka tahdid soluvchi janjal yoki mushtlashuvda ishtirok etganlik uchun 10 ming som (taxminan 1 mln 392 ming so‘m) jarima belgilanadi. Agar qoidabuzarlik bir yil ichida takrorlansa, jazo kuchaytiriladi. Jumladan, haydovchi 6 oyga transport boshqarish huquqidan mahrum etilishi mumkin.

Tashabbus mualliflarining ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda mamlakatda yo‘l mojarolari ko‘payib, to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘lning o‘zida jismoniy to‘qnashuvlarga aylanyapti. Bu esa nafaqat mojaro ishtirokchilari, balki boshqa haydovchilar va piyodalar uchun ham xavf tug‘diradi.

Asoslantiruvchi ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisalarining 90 foizdan ortig‘i haydovchilar aybi bilan sodir bo‘ladi, umumiy avariya darajasi esa mintaqadagi eng yuqorilardan biri bo‘lib qolyapti.