Ukraina kuchlari nazorati ostidagi Slavyansk shahridan bolalarni evakuatsiya qilish boshlandi, deb ma’lum qildi shahar ma’muriyati rahbari Vadim Filashkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalar shaharning o‘qqa tutilish ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlaridan majburiy tartibda evakuatsiya qilinadi.
Dekabrda Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov prezident Vladimir Putinga Slavyansk tomon yurish boshlangani haqida hisobot bergandi.
Slavyansk Donetskdan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 94 kilometr masofada joylashgan shahar bo‘lib, 2022 yil boshlarida 105 ming nafar aholisi bo‘lgan. 2024 yil aprelidagi ma’lumotlarga ko‘ra, shaharda 54 ming kishi qolgan.












