Poytaxt YHXB holat yuzasidan tezkor o‘rganish o‘tkazgan. Mashina topilib, haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilgan. Ma’lum bo‘lishicha, holat 9 martga o‘tar kechasi Sergeli tumani hududida sodir bo‘lgan.
Mercedes-Benz mashinasiga “migalka” qo‘yib, yuqori tezlikda harakatlangani uchun haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mashina esa vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Idora e’lon qilgan videoda haydovchi qilgan xatti-harakati uchun uzr so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda BMW haydagan maktab o‘quvchisi yo‘l-patrul xodimini urib ketgan va hodisa oqibatida xodim vafot etgandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston bo‘ylab keng ko‘lamli reydlar boshlandi.
Xususan, 26 fevraldan 3 martgacha ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l bezoriligi aks etgan jami 107 ta videolavha aniqlangan. Bu videolar asosida 66 nafar haydovchiga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilib, 62 ta avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan.











