“Dunyo” AA xabar berishicha, O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur muzey kolleksiyasidan Temuriylar davri badiiy an’analariga mansub qimmatli ashyolar o‘rin olgan.
Gap, xususan, sirlangan yarim shar shaklidagi sopol buyumlar — qora, ko‘k va feruza rangli naqshlar bilan bezatilgan, shaffof sir bilan qoplangan kosa va idishlar haqida bormoqda. Ushbu eksponatlar temuriylar davrining yuksak amaliy san’ati va bezak uslubini o‘zida aks ettirishi bilan ahamiyatlidir.
Qayd etilishicha, mazkur tarixiy buyumlar hozirda muzey kolleksiyasida asrab-avaylab saqlanmoqda.
Bu kabi topilmalar Temuriylar davrining madaniy merosi nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijiy muzey va to‘plamlarda ham keng o‘rin olganini ko‘rsatadi.











