Ma’lum qilinishicha, cheklov mamlakatdagi barcha aviakompaniyalarga taalluqli bo‘lib, jumladan, Uzbekistan Airways'ning Toshkent—Jidda—Toshkent yo‘nalishidagi parvozlarini ham qamrab oladi. Qaror keyingi rasmiy ogohlantirishgacha amal qiladi.
2026 yil 2 martdan boshlab Umra dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga borgan O‘zbekiston fuqarolarini bosqichma-bosqich vatanga qaytarish maqsadida Jiddadan Toshkentga maxsus repatriatsiya reyslari yo‘lga qo‘yiladi.
Mas’ul idoralar fuqarolardan xotirjamlikni saqlashni, rasmiy axborot manbalarini kuzatib borishni va aviakompaniya hamda turoperatorlar bilan doimiy aloqada bo‘lishni so‘ramoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralib, qo‘shimcha ma’lumotlar yaqin kunlarda e’lon qilinishi bildirilgan.












