Hujjatga muvofiq, chet tili fani fanlar majmuasida mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda sertifikat darajasiga qarab quyidagicha ball beriladi:
B1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga — ushbu fan bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi.
B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga — ushbu fan bo‘yicha belgilangan maksimal ball beriladi.
Shu bilan birga, ilgari fanlar majmuasida chet tili birinchi fan bo‘lgan yo‘nalishlarga qabul kamida B2 darajadagi sertifikat talab qilingan.











