Qazaq Air aviakompaniyasi Ostonadan Samarqandga parvozlar sonini haftasiga ikki martadan uchtaga oshiradi. Inbusiness.kz ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 4 martdan boshlab Ostona—Samarqand—Ostona yo‘nalishida qo‘shimcha reys joriy etiladi.
 
Qayd etilishicha, amaldagi juma va yakshanba kunlari bajariladigan parvozlarga chorshanba kungi parvoz qo‘shiladi. 

Manbada keltirilishicha, Ostona—Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar 30 366 tengedan boshlanadi. 

Shuningdek, aviakompaniya 2025 yil noyabridan beri Qirg‘iziston va O‘zbekistonga muntazam xalqaro reyslarni amalga oshirib kelayotgani, bu davrda ushbu yo‘nalishlarda qariyb 4,5 ming yo‘lovchi tashilgani aytilgan. Qo‘shimcha reyslar barqaror talab bilan izohlangan.