Kecha, 19 yanvar kuni soat 17:46 da Toshkent viloyati FVBBga «112» tizimi orqali Bo‘stonliq tumani «Qoronqul» MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan hodisa haqida xabar kelib tushgan. Ma’lum qilinishicha, Li9 rusumli avtomashina noqulay ob-havo sharoitida harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning xandaq qismiga tushib ketgan.
Xabarga asosan, qutqaruvchilar zudlik bilan manzilga yetib borib, maxsus texnika va asbob-uskunalar yordamida avtomashinani xandaqdan chiqarib, xavfsiz hududga olib chiqqan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.










