Uning aytishicha, mazkur markaz faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va nazorat qilish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Jumladan, soliq.uz bazasi orqali tashkilot ta’sischilari bilan davlat xaridlarida affillanganlik holatlari tahlil qilinadi.

Shuningdek, «Elektron jinoiy-huquqiy statistikasi» tizimi orqali korrupsiyaga oid jinoyatlar, ularning sabablari va tendensiyalari bo‘yicha ma’lumotlar o‘rganiladi. My.mehnat.uz bazasi ma’lumotlari orqali esa yaqin qarindoshlarning bevosita bo‘ysunuv asosida ishlashi holatlarini aniqlash imkoni yaratiladi.

Qayd etilishicha, bunday xavf-xatarlarni an’anaviy usulda tahlil qilish 5–6 kun vaqt olgan bo‘lsa, raqamlashtirish va integratsiya natijasida mazkur jarayonni bir soat ichida amalga oshirish mumkin bo‘ladi.