Hukumat qarori bilan “Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, Festival 2026 yildan har 2 yilda 1 marotaba, qoida tariqasida, may oyida o‘tkaziladi.
Festivalda ishtirok etishni istagan nomzodlar 1 fevralgacha tashkilotchilarga quyidagilarni topshiradi:
- ma’lumotnoma (rezyume);
- 3 dona 6x9 o‘lchamdagi rangli fotosurat;
- tasviriy san’at sohasida yetarli tajribaga ega ekanligi, o‘z davlatida yoki boshqa chet elda o‘tkazilgan sohaga oid festivallar va ko‘rgazmalarda ishtirok etganligi to‘g‘risida guvohnoma, diplom, sertifikat nusxalari;
- nomzodning o‘zi ijod qilgan tasviriy san’at yo‘nalishidagi ijodiy asarlarining 10 donadan kam bo‘lmagan sifatli fotosuratlari va ularni yaratish jarayonlari aks ettirilgan videodisk.
Tashkiliy qo‘mita 1 aprelgacha festivalda ishtirok etuvchilarning ro‘yxatini aniqlaydi.
Festival quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
- “Gran-pri”;
- “Eng yaxshi rangtasvirchi rassom”;
- “Eng yaxshi haykaltarosh”;
- “Eng yaxshi fotorassom”;
- “Eng yaxshi grafik rassom”.
Festival g‘oliblari prezident sovg‘asi sifatida yengil avtomobil (Chevrolet Onix yoki shu klassdagi boshqa avtomobil), diplom, ramziy haykalcha va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.











