Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikadagi sanoat korxonalarining eng ko‘p qismi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida to‘plangan — 11,9 mingta. Ikkinchi o‘rinda esa boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish sohasi turibdi — 8,3 mingta. Ushbu yo‘nalishlar sanoat korxonalari tuzilmasida yetakchi hisoblanadi.
Shuningdek, sanoat korxonalari soni bo‘yicha keyingi o‘rinlarda:
- kiyim ishlab chiqarish — 6 mingta;
- tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish — 4,8 mingta;
- mebel ishlab chiqarish — 4,1 mingta;
- to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish — 3,7 mingta;
- rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish — 2,8 mingta korxona qayd etilgan.
Mutasaddilarga ko‘ra, bunday taqsimot oziq-ovqat sanoatida ichki bozor talabi barqarorligi, qurilish va infratuzilma jarayonlarida esa nometall mineral mahsulotlarga ehtiyoj yuqoriligi bilan izohlanadi.
Ma’lumot uchun, keltirilgan ko‘rsatkichlar 2025 yil 1 dekabr holati bo‘yicha qayd etilgan.











