Fuqarolar murojaati “112” qisqa raqami orqali qabul qilinganidan so‘ng, yong‘in-qutqaruv kuchlari voqea joyiga yetib borib, yuk avtomobilidagi yong‘inni o‘chirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, transport vositasining salon qismi, yukxonasi va yuk xonasining ichki qismidagi turli buyumlar yonib ketgan.
Hodisa natijasida kuyish yoki tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi. Yong‘in kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda.











