“O‘zbekkosmos” agentligi eksperti Ahror A’zamovning ta’kidlashicha, kometa 50° shimoliy kenglik bo‘ylab harakat qiladi. Shu bois uning eng yaxshi ko‘rinishi asosan Shimoliy hududlarda sodir bo‘ladi. O‘zbekiston hududidan kometani bevosita uchib o‘tishini ko‘rish mumkin emas, lekin maxsus teleskoplar yordamida kuzatish mumkin.
Kuzatish bo‘yicha tavsiyalar:
kunlar: 25–28 oktyabr (ko‘rinish 12 noyabrgacha davom etadi);
vaqt: Quyosh botgandan 1,5 soat o‘tib;
yo‘nalish: G‘arb–shimoli-g‘arb, ~30° balandlikda;
mo‘ljal: Arktur yulduzi yonida.
Kometa 8 noyabrda Quyoshga eng yaqin nuqtaga (79 million km) yaqinlashadi va keyingi qaytishi taxminan 1150 yil o‘tgach sodir bo‘ladi.











