Foydalanuvchi “Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish” xizmatida “Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash” bo‘limi orqali ariza yuborishi mumkin.
Xizmat narxi 370 ming 800 so‘m (0,9 BHM)ni tashkil etadi. Guvohnomani pochta orqali yetkazib berishni istaganlar qo‘shimcha 25 000 so‘m to‘laydi.
Yangilangan guvohnoma 1 ish kunida tayyorlanadi, pochta orqali yetkazib berilishi bilan birga esa 3 ish kuni ichida fuqaroga yetkaziladi.
Ma’lumotlar tizimda tasdiqlanmagan, shaxs transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan yoki Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131- va 136-moddalari bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan hollarda ariza rad etiladi.











