Joriy yilning 17 sentabr kuni soat 17:45 larda Mirobod tumani Tolimarjon ko‘chasida skuter hamda Spark rusumli transport vositalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida skuter haydovchisi va yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.











