2025 yil uchun WHIS Award (Butunjahon irrigatsiya merosi) mukofotiga O‘zbekistondagi Do‘stlik va Eski Tuyatortar kanallari loyiq deb topildi.
Ushbu mukofot 100 yildan ziyod vaqtdan beri foydalanilayotgan va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan irrigatsiya inshootlariga Xalqaro irrigatsiya va drenaj komissiyasi tomonidan beriladi.
Do‘stlik kanali — Sirdaryo havzasidagi yirik transchegaraviy inshoot bo‘lib, Qozog‘iston va O‘zbekiston hududidan o‘tadi. Eski Tuyatortar kanali — Zarafshon daryosidagi ko‘p asrlik gidrotexnik obida hisoblanadi.
Bu ikki kanal Markaziy Osiyodan mazkur xalqaro reyestrga kiritilgan birinchi inshootlar bo‘ldi.











