27 avgust, chorshanba kuni «Fenerbahche» Chempionlar ligasi pley-off bosqichida «Benfika»ga imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunladi.

«2024-2025 yilgi mavsumdan buyon bosh murabbiyimiz bo‘lib kelayotgan Joze Mourinio bilan xayrlashishga qaror qildik. Klub unga jamoamiz rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi va kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi», — deyiladi "Fenerbahche" matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan bayonotda.

Mourinio avvalroq «Real», «Chelsi», «Inter», «Tottenhem», «Roma» kabi klublarda ishlagan.