Isroil armiyasi 48 soat ichida 26 ta «qonli qirg‘in» uyushtirdi, buning natijasida 300 dan ortiq kishi halok bo‘ldi va yuzlab odamlar yaralandi.
G‘azo hukumati hujumlar Isroil qasddan o‘ldirish va genotsid siyosatini davom ettirayotganini ko‘rsatayotganini aytdi. Ta’kidlanishicha, zarbalarning aksariyati ichki ko‘chirilganlar boshpanasi bo‘lgan hududlarga to‘g‘ri kelgan — bular lagerlar, chodirlar, turar joy binolari, bog‘lar, bozorlar va gumanitar yordam tarqatish punktlari.
Falastin rasmiylariga ko‘ra, qurbonlarning aksariyati ayollar va bolalardir. Bayonotda aytilishicha, Isroil «jamiyatning eng zaif qatlamlarini ataylab nishonga olmoqda».
Shuningdek, Isroil sog‘liqni saqlash tizimi qoldiqlarini yo‘q qilishda davom etayotgani, shifoxonalarni bombardimon, tibbiyot xodimlariga hujum qilishda hamda muhim dori-darmonlar va asbob-uskunalar yetkazib berishni to‘sib qo‘yishda davom etayotgani ta’kidlangan.












