Safar viloyatda kichik turdagi gidroelektr stansiyalarini (GES) qurishga sarmoya kiritish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida uyushtirildi.

Qashqadaryo viloyati hokimi Murod Azimov Malayziya delegatsiyasini qabul qildi. Muloqot chog‘ida ushbu jabhadagi loyihani viloyatda amalga oshirishda kompaniya hokimlik tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi ma’lum qilindi.

Malayziya vakillari viloyatda mavjud daryo va kanallarda suv oqimidan oqilona foydalangan holda GES qurish loyihasini mahalliy hamkorlar bilan birga amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, Nexus Green Resources Sdn Bhd va Xitoyning Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd. kompaniyalari mutaxassislaridan iborat jamoa viloyatda joylashgan daryo va kanallarga tashrif buyurib, ularda kichik GESni joylashtirishning texnik imkoniyatlari va samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘rgandi.