Soliq kodeksida belgilangan alohida soliqlar bo‘yicha imtiyozlar Toshkent viloyatidagi 4- va 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlarga ham tatbiq etilishi belgilandi.

Prezident farmoni bilan tasdiqlangan to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxatiga “qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish” yo‘nalishi kiritiladi.