1 iyundan my.gov.uz hamda ariza.piima.uz orqali quyidagi maktablarga onlayn ariza topshirish imkoni yaratildi:
- Prezident maktablari;
- Ijod maktablari;
- Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar;
- Sport va jasorat maktablari.
Joriy yildan Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga ham hujjatlar onlayn qabul qilinmoqda.
Qabul 20 iyungacha davom etadi. Kirish imtihonlari esa iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi. Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.











