Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy, intellektual va jamoaviy faolligini rag‘batlantirish, madaniy va ilmiy almashinuvni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan va innovatsiyalarni ommalashtirish, shuningdek, yoshlarda liderlik hamda tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirishni maqsadida o‘tkazilayotgan festival doirasida:

  • “Kontent72” ijtimoiy videoroliklar tanlovi;
  • “Talabalik davrim” foto va video chellenji;
  • “AI-GirlsBootCamp” oromgohi — talaba-qizlar uchun maxsus dastur;
  • “Zakovat” intellektual o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev

Bundan tashqari:

  • “Jismoniy tayyorgarlik sinovlari”, “Qalqon” jamoatchilik guruhi uchun o‘quv yig‘inlari, “Talabalar teatr studiyalari” tanlovi;
  • “BMT modeli” loyihasi, “Ibrat” debat turniri, “Yurtim qadriyatlari” tanlovi;
  • Talaba va magistrantlar ishtirokidagi ilmiy-amaliy konferensiya,
  • “Quvnoqlar va zukkolar” festivali o‘tkaziladi.

21–23 may kunlari “TalabaExpo–2025” ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda uch kun davomida turli yo‘nalishlar bo‘yicha tadbirlar tashkil etiladi.