Qarorga ko‘ra, vaucher quyidagilarga beriladi:
uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish hamda kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati uchun:
➖ Kambag‘al oilalar reyestri, O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga;
➖ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila)larga;
shaxsiy yordamchi xizmati uchun:
➖ I guruh nogironlik belgilangan shaxsga;
➖ ko‘zi ojizlik bo‘yicha birlamchi nogironlik belgilangan shaxsga;
➖ birinchi marta nogironlar aravachasidan foydalanish belgilangan shaxsga.
2025 yil 1 dekabrgacha Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari huzurida o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslar uchun kichik hajmli oilaviy uylar tashkil etiladi.










