Toshkent metropoliteni xabariga ko‘ra, shundan so‘ng, belgilangan yo‘riqnomaga asosan, yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezd harakati «Ming o‘rik» — «Yunus Rajabiy» bekatlari oralig‘ida to‘xtatilgan.
Mashinist tomonidan tezkor ko‘rilgan chora-tadbir natijasida 3 daqiqa ichida harakat tarkibidagi nosozlik bartaraf etilgan va poyezd harakatini davom ettirgan.
Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.











