Uchrashuvlar davomida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, bo‘lajak o‘zaro tashriflar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida asosiy e’tibor mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yangi bitimlarni ishlab chiqish va tashkiliy mexanizmlarni takomillashtirish masalalariga qaratildi. Shuningdek, tomonlar mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish va mutaxassislarni tayyorlash bilan bog‘liq masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.
Mazkur muzokaralar mehnat migratsiyasi sohasida sheriklik munosabatlarini rivojlantirish hamda turli darajalardagi erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi.











