O‘zbekiston va Iordaniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari Baxtiyor Saidov va Ayman Safadi ikkita hujjatni imzoladi.
"Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Ayman Safadi janoblari bilan ikkita muhim hujjatni imzoladik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida.
Xususan, diplomatik pasport egalari uchun vizasiz kirish to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuv, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma hamkorlik dasturi imzolandi.











