O‘zbekistonning qator tog‘li hududlarida 15−18 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Quyidagi hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilar ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqiriladi:
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumani.











