Memorandumning birinchi bosqichida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlari uchun «ACCA — moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari» yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kurslarni tashkil etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu o‘quv dasturining o‘ziga xos jihati shundaki, nazariy bilimlarni yetakchi xalqaro auditorlik kompaniyalarining amaliy tajribasi bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, korporativ kurslarga KPMG ekspertlarini jalb etishdan iborat.

TSMRI huzurida KPMG Akademiyasining ochilishi o‘z navbatida institutga korporativ kurslar segmentida o‘z o‘rnini mustahkamlash imkonini beradi. Xalqaro auditorlik sohasida yetakchi va «katta to‘rtlik»ka kiruvchi kompaniyalardan biri KPMG’ning TSMRI tomonidan tashkil etiladigan korporativ kurslarni o‘qitishda faol ishtirok etishi, inson kapitalini rivojlantirish va turli darajadagi xodimlarning malakasini oshirish uchun yanada keng imkoniyatlar yaratadi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram | Instagram | Facebook

Reklama huquqi asosida